Dastur haqida
Dastur doirasida mexatron modullari, robotlar detallarini loyihalash tamoyillari, avtomatik boshqaruv nazariyasi, mikroprotsessor texnikasi, ob'ektga yo'naltirilgan dasturlash, sun'iy intellekt usullari, avtonom robotlarni boshqarish tizimlarida aloqa vositalarini biladigan mutaxassislarni tayyorlash olib boriladi. Shuningdek, talabalar avtonom robotlarning navigatsiya tizimlari, virtual modellashtirish va avtonom robotlarni loyihalash, robotlarni boshqarish tizimlari va robototexnik komplekslarning apparat ta'minoti, avtonom robotlarni masofadan boshqarish texnologiyalarini o'rganadilar.