Dastur haqida
O'qish jarayonida ushbu profil bo'yicha talabalar ekologik ekspeditsiyalarda ishtirok etish, atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida ilmiy tadqiqotlar o'tkazish, ilg'or axborot texnologiyalaridan foydalangan holda tabiiy muhitga texnogen ta'sir darajasini baholash imkoniyatiga ega bo'lishadi. Shuningdek, talabalar atrof-muhit komponentlarini biologik, kimyoviy va geofizik monitoring qilish usullarini o'zlashtiradilar, atmosfera havosining, yer usti va yer osti suvlarining, tuproqning holatini tahliliy nazorat qilish uchun zamonaviy asbob-uskunalar bazasida ishlash ko'nikmalarini egallashadi.